Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada keyingi yillarda televideniye va radiolar soni ko’paygan, biroq bu bilan matbuot erkin bo’lib qolayotgani yo’q.
Ommaviy axborot vositalari hokimiyat va bizneslar qo’lida o’yinchoq deydi jurnalistlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar.
Xalqaro tashkilotlar nazarida Yaqin Sharqda matbuoti eng erkin davlat bu Isroildir.
Arab davlatlarida, Jurnalistlarni Himoya qilish Xalqaro Qo’mitasi vakili Joel Kampana, erkin fikrlashni man qiluvchi qonunlar ham qabul qilingan.
“Qonunlar juda oddiy sodda qilib yozilgan. Jurnalistlar nima haqida yozishi mumkin-u, nima haqida yozish qat’iyan man qilinadi. Bu bilan hukumatlar matbuot bizning qo’limizda demoqda”.
Arab ahli bugun xolis axborot manbalariga zor, nafrat urug’uni sochadigan, turli partiya va tashkilotlarni propaganda qiluvchi vositalar jamiyatning taraqqiy etishga qo’ymayapti, deydi AQSh kongressmeni Gari Akerman.
Hukumat xalq uchun ishlash o’rniga, xalqni ezish, axborotni nazorat qilish bilan o’z vazifalarini suiste’mol qilsa oqibati yaxshi bo’lmaydi. Yovuz hokimiyatlargina matbuot erkinligini toqat qila olmaydi, deydi Akerman.
Arab matbuotida, deydi kuzatuvchilar, hukumat yoki politsiya vakillarini tanqid qiluvchi maqolalarini deyarli ko’rmaysiz. Faqat Isroilni tanqid qilishga yo’l berilgan, deydi tadqiqotchi Kennet Yakobson.
Arab matbuotida yahudiylarning mazah qilinishi, nazarimda Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash jarayonlariga bolta urayotgan omil, deydi Yakobson.
Mintaqaga sun’iy yo’ldosh orqali uzatiladigan Al-Jazira va Al-Arabiya telekanallari erkinlik elchilari sifatida e’tirof etiladi. Lekin ular ham siyosiy bosim ostida deydi arab mutaxassislari. Ular ham arab hukumatlarni ochiq tanqid qilishdan xavfsiraydi.