Breaking News

Qo'shma Shtatlar iqtisodiy tanglikni tugatishga bel bog'lagan


AQSh Senati zaiflashgan iqtisodiyotni tiklash to’g’risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko’ra, millionlab amerikaliklarga soliq imtiyozlari beriladi. Prezident Bush hujjatni imzolashi kutilmoqda.

So’nggi 26 yillik ko’rsatkich va raqamlarni tahlil qilgan mutaxassislar Amerikada iflyatsiya yuqori demoqda. Natijada amerikaliklar kam mahsulot xarid qilib, pul tejashga tushgan.

AQSh hukumati vaziyatni yaxshilash ustida o’ylana boshladi.

Kecha Vakillar Palatasi tasdiqlagan loyiha ana shu maqsadni ko’zlaydi. Hujjatni ko’rib chiqqan Senat unga ayrim tuzatishlar kiritdi. Xususan, nafaqaxo’rlar va urush faxriylari ham soliq imtiyozlaridan foydalanadi.

AQSh qonunchilari iqtisodiyotni oyoqqa turg’izish uchun 150 milliard dollar sarflash niyatida. Buning uchun har bir soliq to’lovchiga 600 dollargacha pul beriladi.

Demokrat senator Garri Ridning aytishicha, iqtisodiyotni mustahkamlashning eng munosib yo’li muhtojlarga yordam berish.

Noqonuniy muhojirlar bu imtiyozlardan istisno deydi qonunchilar.

XS
SM
MD
LG