Breaking News

Isroil rejasi tinchlik jarayoniga pand berishi mumkin


Seshanba kuni Isroil sharqiy Quddus va atrofida yahudiylar uchun 1,100 uy qurilishi haqida ma’lum qilgan. Qo’shma Shtatlar Isroildan bu masalada tushuntirish talab qilmoqda. Davlat departmenti bunday qaror Yaqin Sharq tinchlik harakatlariga pand beradi demoqda.

Falastinliklar yangi kelishuvlarga ko’ra Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti sifatida ko’rar ekan, Isroilning bunday qarori ularni qoniqtirmasligi tabiiy.

O’tgan dekabr oyida Isroilning sharqiy Quddusda yahudiy posyolkalarini kengaytirish haqidagi rejasi tinchlik muzokaralarining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan.

Davlat departamenti so’zlovchisi Shon Makkormakning aytishicha, AQSh Isroilning qurilish rejasi bo’yicha Tashqi ishlar vazirligi va Bosh vazir Yahud Olmert idorasi bilan muloqot qiladi.

"Isroilliklar ham, falastinliklar ham tinchlik bitimiga erishish ularning manfaatlariga javob berishini yaxshi tushunadi. Qo’shma Shtatlar ularga bunda qo’ldan kelgancha yordam beradi," deydi Makkormak.

O’tgan yil noyabrida AQShning Annapolis shahrida o’tgan xalqaro anjumanda Isroil va Falastin shu yil oxirigacha yakuniy tinchlik bitimiga erishishga kelishib olgan edi.

Falastin Bosh vaziri Salom Fayyod shu hafta Vashingtonda masalani AQSh rasmiylari, jumladan prezident Bush bilan muhokama qilgan.

XS
SM
MD
LG