Breaking News

AQShda prezident saylovlari oldidan yoshlar har qachongidan faol


Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Amerikada idrokli va g’ayratli yoshlarning aksariyati senator Barak Obama mamlakatning navbatdagi prezidenti bo’ladi degan umidda.

AQShda saylovchilarning 14 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularning uchdan ikki qismi demokratlar, qolgani esa asosan respublikachilar.

Garvard Universiteti professori Tomas Patterson yoshlarning bu faolligi Iroq urishiga qarshi kayfiyat bilan bog’liq deydi. 2004 yilgi prezident saylov kampaniyasida ko’pchilik yoshlar demokrat nomzod Xovard Dinni quvvatlagan edi.

“Xovard Din Iroqqa qarshi bayonotlari bilan chiqqanida atrofida minglab yoshlar unga ergashgan. 1992, 96 va 2000 yillardagi saylovlarda yosh saylovchilarning uchdan bir qismi qatnashgan edi xolos. AQSh Iroqqa kirishi bilan yoshlarning ham siyosiy faolligi oshdi”, - deydi Patterson.

Bu yilgi saylovlarda Amerika tarixida eng ko’p fuqaro ovoz berishi kutilmoqda. Bunda yoshlarning hissasi. Aynan ular katta yoshdagilarni davlat kelajagini belgilashda fuqarolik burchini o’tashga undamoqda.

“Barak Obama saylov kampaniyasini boshlabdiki, yoshlar e’tiborida. Obama yoshlar ko’ngliga yo’l topa olyapti, fikrlarini yetkaza olyapti”, - deydi professor Patterson.

Siyosiy tahlilchi Uilyam Galston AQSh aholisi yildan yilga etnik va irqiy jihatdan boyib bormoqda deydi. “Bugungi yoshlar madaniy jihatdan juda boy jamiyatda katta bo’lyapti. Obama ham internatsionalist. Turli ijtimoiy kelib chiqishga ega odamlar bilan bog’lana oladi.”

“Bugungi yoshlar siyosiy-ijtimoiy jihatdan ancha tolerant – bag’rikeng”,- deydi Skot Kiter. “Amerikada gomoseksualizm, xorijdan muhojirlar oqimining keng ekani, xilma-xil mafkuralar, liberal kino va san’at… Ko’pchilik yoshlar bu masalalarni mantiqan muhokama qiladi”, - deydi sharhlovchi.

XS
SM
MD
LG