Yaqinda Qirg`iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev va Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboyev uchrashib, sarmoyalarni kengaytirish va savdo-sotiq borasida imtiyozli yordam yuzasidan muzokara o’tkazgan.
Biroq keyingi paytda Qirg’isitonda Qozog'iston kapitali ekspansiyasi haqida bahslar kuchaymoqda. Chegara zonalarini aniqlashtirish bilan bog`liq vaziyat ham munozarani avj oldirmoqda. Qirg`iziston muxolifati hukumatni ayrim yer uchastkalarini Qozog`istonga noqonuniy tarzda berib yuborishda ayblay boshladi.
Qirg`iziston Markaziy Osiyo davlatlari ittifoqini tuzish haqidagi Qozog`iston taklifini mintaqada rasman qo`llayotgan yagona davlat.
Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi raisi o`rinbosari Po`lat Oxun fikriga ko`ra, millatchilik masalasi ko`tarila boshlangani ana shu tashabbusga bog`liq bo`lishi ham mumkin. Kelajakda ularni bir-biriga yaqinlashtirmaslik uchun qozoq va qir`giz millatchiligini gij-gijlayotgan kuchlar bor deydi u.
“Chunki iqtisodiy, siyosiy aloqalarimiz qancha rivojlansa, yagona xalq ekanimiz va chegaralar kerak emasligini tushunib, rivojlanamiz,” - deydi Po`lat Oxun.
Qirg`iziston yaqinda inqilobning 3 yilligini nishonladi. Sharhlovchilarning aytishicha, Qirg’iziston hamon inqilobiy kayfiyatda yashamoqda, ammo demokratik jihatdan ancha ilg’or sanalgan bu davlat hamon iqtisodiy qiyinchilik girdobidan chiqa olgani yo`q. Tanqidchilar inqilobiy o`zgarishlar hech qanday natija bermagan demoqda.
“Bu gaplar Sovet ittifoqidagi o’zgarishlar paytida ham aytilgan - demokratiya bizga nima qilib beradi qabilida. Bu juda noto`g`ri pozitsiya, chunki demokratiya inson imkoniyati ro`yobga chiqishi uchun sharoit yaratib beradi, shu xolos, qolgani odamning o`ziga bog`liq. O`zbekistonda ishbilarmonlar uchun imkoniyat yo`q, korrupsiya juda kuchli,” – deydi u.
Qirg`izistonda bo`lib qaytgan Po’lat Oxun erkinlik bo`lgani uchun ishbilarmonlar o`z biznesini rivojlantirishga, so`z erkinligidan foydalanib, korrupsiyaga qarshi turish imkoniyatiga ega deydi.
“Akayev davrida bu narsa yo`q edi. Bu borada rivojlanish bor. Lekin umuman Qirg`iziston iqtisodi inqirozga tushgani uchun u yerda hamon ishsizlik yuqori,” - degan fikrlarni bildiradi tanqidlarga javoban Po`lat Oxun.
Muxolifatdagi “Ozod dehqonlar” partiyasi raisi Nigora Hidoyatovaning so’zlariga ko`ra, Qirg`izistondagi inqilobiy o`zgarishlar xalq kutgan natijani olib kelmagani rost. Albatta, Qirg`izistondagi demokratik jarayon va so`z erkinligi bilan bog’liq vaziyat bundan mustasno.
“Hukumat ko`proq siyosiy deklaratsiyalar bilan shug`ullanyotgandek, yaqinda konstitusiyani uch marta o`zgartirishdi. Albatta, muammo faqat qirg`iz hukumatiga bog`liq emas, Markaziy Osiyo tarixan butun bir hudud bo`lib kelgan. Demokartik jarayonlar mintaqaning boshqa davlatlariga ham yoyilishi kerak, faqat mintaqa integratsiyasi, umumiy,bozor orqali rivojlanish mumkin. Albatta, inqilobdan ko`p narsalar kutgan edim, lekin voqealarni nghozirgi rivoji umidimni oqlamadi,” - deydi Nigora Hidoyatova.
Qirg`iziston mintaqadgi eng kichik davlatlardan biri. Sharhlovchilarning aytishicha, mamlakatdagi demokratik o`zgarish, erkinlik darajasiga qaramasdan ko`p sohalarda qo`shni davlatlar, jumladan, energetik manbalarda O`zbekistonga bog’lanib qolgan.
O`zbekiston esa Qirg`izistondagi demokaratik ochiqlik, bahs-munozaralarga ko`proq iqtisodiy bosimlar bilan javob berib keladi.