Breaking News

Rossiya global iqtisodiy tanglikda AQShni ayblamoqda


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev global iqtisodiy tanglikda Qo’shma Shtatlar va uning “agressiv” siyosati aybdor demoqda. Uning fikricha moliyaviy inqiroz ortida ham AQSh turibdi.

“AQShning jahon iqtisodiyotidagi roli va nufuzi hamda uning haqiqiy salohiyati orasida ancha farq bor. Chuqur o’ylanmagan, agressiv moliyaviy siyosati natijasida dunyoda qashshoqlar soni oshdi”, - deydi prezident Medvedev.

Sankt-Peterburgda so’zlagan nutqida, Medvedev Rossiyani barqaror va dunyo iqtisodiyotini yaxshilashga qodir mamlakat deb atagan. “Chunki Rossiyada resurslar yetarli,” - deydi u.

AQSh Tijorat vaziri Karlos Guterrez tanqidlarni rad etib, “jahon davlatlari inqiroz bilan yuzlashayotgani yo’q, shunchaki o’sish sekinlashgan,” - deydi.

Bu Dmitriy Medvedevning Rossiya prezidenti sifatida ilk iqtisodiy nutqidir. Medvedev Rossiyada qonun ustuvorligini ta’minlashga, korrupsiyaga qarshi kurashishda hamda kichik bizneslar rivojlanishi uchun sharoit yaratishga so’z bergan.

“Moskva jahon moliya markaziga aylanadi”, - deydi prezident.

XS
SM
MD
LG