Breaking News

AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda


Yaqinda Islomobodga safar qilgan AQSh admirali Mayk Mullen fikricha Pokiston zudlik bilan harakat qilishi zarur.

”Chegara masalasi eng dolzarb muammoga aylangan. Afg’oniston-Pokiston o’rtasida qatnayotgan jangarilar soni tobora oshib borayotganiga guvohmiz. Ular bilan hech kimning ishi yo’q,” - deydi admiral.

O’tgan hafta jangarilar AQSh-afg’on tekshiruv punktiga hujum qilib, amerikalik 9 askarni o’ldirgan.

Pokiston qo’l qovushtirib o’tiraversa, AQSh chora ko’rishga majbur bo’ladi.

Mahalliy rasmiylarning aytisicha, Amerika askarlari hozir ikki davlat chegarasida, Afg’oniston tomodan shaylangan. Lekin AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts buni inkor etmoqda.

”Pokistonning qabilaviy hududlariga ko’z-quloq bo’lib turish kerak”,- deydi Geyts.

Pokiston hukumati bo’sh harakat qilayotgani uchun jangarilar erkin nafas ola boshlagan. O’tgan kunlar mobaynida Pokiston armiyasi yirik operatsiya o’tkazgan edi, ammo samarasi sezilmayapti deydi AQSh mudofaa vaziri.

Ayni damda Qo’shma Shtatlar Afg’onistonga qo’shimcha askar jo’natish ustida o’ylanmoqda.

XS
SM
MD
LG