Prezident Jorj Bush terrorga qarshi urushda endi asosiy jang maydoni Afg’oniston bo’ladi deydi.
“Kelasi yil boshida Iroqda qo’shinlar soni sakkiz mingga kamayadi, ammo u yerda tinchlikni mustahkamlash ishlarini davom ettiramiz”,- deydi Bush.
Ayni damda Iroqda Amerikaning qariyb 150 ming askari xizmat qilmoqda, Afg'onistonda esa 30 ming atrofida.
AQSh Afg’onistonga yordamni oshiradi va “NATO bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqdamiz”, - deydi prezident.
Oxirgi oylarda Iroqda jangari xurujlari kamayib, mamlakat iqtisodiyoti rivojlana boshlagan. Afg’onistonda esa Tolibon jonlangani kuzatilmoqda.
Oq Uy Pokistonni terroristlarga qarshi harbiy harakatlarni jadallashtirishga chaqirmoqda. "Yangi prezident Osif Ali Zardariy bilan ishlashga tayyormiz",- deydi Bush.