Breaking News

AQSh Pokiston e'tiroziga javob qaytardi


AQSh Pokiston e’tiroziga javob qaytardiAQSh Pokiston-Afg’oniston chegarasida jangarilarni nishonga olishda davom etmoqda.

Hafta boshida Pokiston shimolidagi operatsiyada 20 kishi o’lgan, jumladan, toliblar.

Rasmiy Islomobod havo hujumlarini qoralab, mamlakat suverenitetiga tahdid deya baholagan.

Pentagon terrorga qarshi kurashda bo’shang bo’lish yaramaydi deb keladi.

Lekin AQShning Janubiy Vaziristonda olib borgan operatsiyalarida tinch aholi vakillari ham o’lgan. Qo’shma Shtatlar harbiylariga ko’ra, Tolibon yetakchilaidan biri Baytulla Ma’sud shu mintaqada panoh topgan.

Rasmiy Islomobod hujumni Pokiston xalqiga qarshi qirg’in deya ta’riflab, AQSh elchisi Ann Patersondan izoh talab qilgan.

AQSh Davlat departamenti rasmiysi Shon Makkormak deydiki, xavotirga o’rin yo’q.

Amerika va Pokiston terrorizmga qarshi kurashda hamkor va davlatlar bir-biri bilan til topisha oladi. "Jangarilarga bas kelish uchun qat’iy chora ko’rish zarur," - deydi u.

Makkormakning aytishicha Amerikaning yangi prezidenti uchun ham Pokistonda yashiringan terrorchilarni yo’q qilish asosiy vazifa bo’ladi.

AQShda rahbar o’zgarishi bilan muammolar o’z-o’zidan g’oyib bo’lmaydi. "G’anim boshqa davlatda deb xotirjam o’tira olmaymiz," - deydi Davlat departamenti rasmiysi.

XS
SM
MD
LG