Breaking News

Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda


Jorj Bushning aytishicha, u prezident etib saylanganida urush qiladi deb o'ylamagan. Bush Iroqda ommaviy qirg'in qurollari bor deya xulosa qilingan razvedka ma'lumotlari xato bo'lib chiqqanidan afsusda.

Prezident Bush ABC telekompaniyasiga intervyu berar ekan "agar Iroqda ommaviy qirg'in qurollari yo'qligini bilganingizda baribir urush qilarmidingiz" degan savolga javob berishdan bosh tortdi. Bush maxsus intervyuda prezidentlik yillariga nazar tashlab, o'z yutuq va muvaffaqiyatsizliklari haqida so'zladi.

"Hech kim prezident etib saylanganda uni oldinda nimalar kutishini bilmaydi. Men ham urush bo'lishini kutmaganman," deydi Bush.

Uning aytishicha, so'nggi sakkiz yil ichida u ko'p muhim va qiyin qarorlar qabul qilishiga to'g'ri keldi. Ulardan so'nggilari iqtisodiyotni tiklashga qaratilgan.

"Mana shu davr tarixi yozilayotganda moliyaviy bozordagi muammolar men prezident bo'lmasimdan ancha oldin qabul qilingan qarorlar tufayli sodir bo'lgani ayon bo'ladi degan umiddaman," deydi Bush.

Uning fikricha aynan iqtisodiy inqiroz Barak Obamaning Jon Makkeynni mag'lub etishida muhim omil bo'lgan.

"Iqtisodiy vaziyat Makkeynni qiyin ahvolga solib qo'ydi. Bundan tashqari Obama intizomli saylov kampaniyasi olib bordi. Men qora tanli prezidentni hayotligimda ko'raman deb o'ylamaganman", deydi Bush.

XS
SM
MD
LG