Germaniya va Fransiya hukumatlari rasmiy Toshkentga murojaat qilib, tashkilot vakilining O'zbekistonga qaytishiga ruxsat berishni so'ragan. Xat mualliflari Fransiyaning Inson huquqlari bo'yicha vaziri Rama Yade va Germaniya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Gernot Erler.
Unda aytilishicha, O'zbekiston hukumati Human Rights Watch ning O'zbekistondagi vakili Igor Voronsovning mamlakatga qaytishiga ruxsat berishi lozim, chunki bu Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi kelishuvning bir qismi bo'lgan. Unga ko'ra, Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga 2005 yil noyabrida qo'yilgan sanksiyalarni yumshatadi, O'zbekiston esa inson huquqlari bobida islohotlar o'tkazadi.
"O'zbekistonda ish olib bora olmayotganimizdan afsusdamiz. Yordamimizga muhtoj ko'p odamlar bor. Ular bilan uchrasha olmayapmiz. O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni xolis yoritishimiz uchun ma'lumot kam. O'zbekiston hukumatiga yuborilgan xat natija beradi deb aytolmayman," deydi tashkilot vakili Igor Voronsov.
Joriy yilda Voronsov O'zbekistonda qisqa muddat ishlab, so'ng vizasi bekor qilingan edi. Voronsovning aytishicha, hukumat uning O'zbekistonda tashkilot dasturlariga boshchilik qilishiga e'tiroz bildirgan.
"Mening bilishimcha, O'zbekiston hukumati "Voronsov o'zbek xalqi mentalitetini tushunmaydi" deb bahona qilgan. Yana ba'zi boshqa ma'lumotlarga ko'ra, ular Rossiya fuqarosining tashkilot vakili bo'lishini istamagan. Ammo ko'rsatilgan sabablarning hech biri jiddiy emas," deydi Igor Voronsov.