Breaking News

Moldova namoyishlarda qo'shni Ruminiyani ayblamoqda


Moldova, poytaxt Kishinyovda kechgan namoyishlarda qo’shni Ruminiyani ayblab, elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgan.

Moldova prezidenti Vladimir Voronin shuningdek Ruminiya bilan viza tartibini joriy etamiz demoqda.

5 aprel kuni Moldovada parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Unda kommunistlar g’alabasi e’lon qilingach, Kishinyovda minglab talabalar parlament binosi va prezident idoralarini ishg’ol qilgan.

Asosan yoshlardan iborat namoyishchilar hukumatni saylov natijalarini soxtalashtirganlikda ayblamoqda. Moldova televideniyesi politsiya bilan to’qnashuvlarda bir kishi o’lgani va 20 nafari jarohatlangani haqida xabar bermoqda. 200 kishi qo’lga olingan.

Kishinyovga politsiya kuchlari safarbar etilganiga qaramasdan, talabalar parlament va prezident idorasini egallab olishga muvaffaq bo’lgan. Ularning aytishicha prezident Voronin boshchiligidagi Kommunistlar partiyasi saylov g’alabasini soxta natija orqali qo’lga kiritgan.

Biroq ovoz berish jarayonini kuzatgan xorijiy kuzatuvchilar ayrim qonunbuzarliklarni qayd etgan bo’lsa-da, umuman olganda saylov ochiq va adolatli o’tganini aytmoqda. Rasmiylar ovozlar qayta sanalishiga rozilik bergan.

Prezident Vladimir Voronin shu oy ikkinchi muhlatini yakunlaydi. Parlament yangi rahbarga ovoz berish hozirlik ko’ryapti. Voronin fikricha namoyishlar oldindan tayyorlangan bo’lib, unda qo’shni Ruminiyaning ham qo’li bor. Rasmiy Buxarest ayblovni rad etmoqda.

XS
SM
MD
LG