Qirg’izistonda saylov natijalaridan norozi bo’lib, Bishkekda namoyishga chiqqan muxolifat a’zolari qamoqqa olingan.
Taxminan 100 kishi hibsda ekani aytilmoqda.
Qirg’iziston Markaziy saylov komissiyasi hisobicha, Qurmanbek Bakiyev 76 foiz ovoz to’plab, g’olib bo’lgan.
Uning asosiy raqibi, muxolifatdan nomzod Almazbek Atambayev 8.4 foiz ovoz olgan.
Yevropa kuzatuvchilari saylov jarayoni xatolarda to’la deb xulosa qilgan.