Qozog’istonda davlat sirlarini oshkor etganlikda ayblangan jurnalistning uch yilga qamalgani xalqaro miqyosda qoralanmoqda.
“Chegara Bilmas Muxbirlar” tashkiloti, Parijda asoslangan kasbiy urushma nazarida Ramazon Yesergepovning ishi qayta ko’rib chiqilishi kerak.
Yesergepov “Alma-Ata Info” gazetasi bosh muharriri, davlat xavfsizlik qo’mitasi va taniqli tadbirkorning orasidagi munosabatlar fosh etilgan maktubning chop etilishiga yo’l qo’yib, Qozog’iston tinchligiga raxna solgan, deydi mutasaddilar.
Jurnalistning sud ishi kuchli siyosiy bosim ostida o’tgan. Jarayon matbuotda yoritilmagan va uning himoyachisi tazyiq ostida ishdan ketgan.
Huquq tashkiloti “Freedom House” – “Ozodlik Uyi” rahabrio Jennifer Uindsorning aytishicha, Yesergepovning adolatsiz ravishda qamalishi Qozog’iston Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidek xalqaro tizimni boshqarishga tayyor emasligini ko’rsatmoqda.
Qozog’iston bu tashkilotning 2010 yildagi raisi deb tanlangan.