Breaking News

AQSh nazarida Yaman tahdid o'chog'i


Yamanda mamlakat xavfsizligiga tahdid solganlik va al Qoidaga aloqadorlik gumoni bilan uch kishi qo'lga tushgan. Ular dushanba kungi otishmada yaralanib, kasalxonaga murojaat etgan edi, politsiya bu shaxslarni va ularni yashirgan 4 kishini hibsga olgan. AQSh, Britaniya va Fransiya poytaxt Sanodagi elchixonalarini 1-2 kunga yopishga majbur bo'lgan.

Al Qoidaning Yamanda o'rnashgani va yangi yildan oldin Yevropadan AQShga uchayotgan samolyotni portlatishga harakat qilgan shaxsning Yamanda tayyorgalikdan o'tgani haqidagi ma'lumotlar, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida yangi muammolar tug'dirmoqda.

"Vaziyat Yamanga qo'shni davlatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin", - deydi u.

Yamanda al Qoida tahdididan tashqari janubda fuqarolik urushi ketmoqda, shimolda esa bo'lginchi kuchlar faollashgan.

"Xavfsizlik muammolari bois boshqa masalalar chetda qolib ketyapti. Iqtisodiyot oqsamoqda, ishsizlik kuchaygan, inflyatsiya oshgan, suv tanqis", - deydi Karnegi instituti tahlilchisi Kris Bauchek.

Qo'shma Shtatlar Yamanga yordam dasturlari ko'paytirilishini aytmoqda. Xususan, xavfsizlik bobida.

AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi sobiq rasmiysi Maykl Shuerning aytishicha, Yamanda terrorchilar uchun qulay muhit shakllangan.

"Mamlakat orqali qurol-yarog', jangarilar, qalbaki hujjatlar olib o'tish osonlashgan".

XS
SM
MD
LG