Breaking News

10 aprel Qirg'izistonda motam kuni deb e'lon qilingan


Qirg'izistonda namoyishlar va ommaviy tartibsizliklardan bir kun o'tib, muxolifat hokimiyat uning qo'liga o'tganini bildirmoqda. Sobiq tashqi ishlar vazirasi Roza Otunbayeva muvaqqat rahbar etib tayinlangan. Parlament tarqatilib, deyarli barcha viloyatlarda hokimiyat almashgan.

Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligiga ko'ra, kecha Bishkekdagi tartibsizliklarda olomon xavfsizlik kuchlari bilan to'qnashib, 75 kishi o'lgan, mingga yaqini jarohat olgan. Muvaqqat rahbar Roza Otunbayevaning aytishicha, g'alayon sobiq hukumatning adolatsiz siyosatiga nisbatan javob bo'lgan.

Vakolatlarini muxolifatga topshirgan Bosh vazir Doniyor Usenovning aytishicha, namoyishchilarga qarshi qurol ishlatish buyrug'ini prezident Bakiyev emas, uning ukasi, Davlat nazorati xizmati boshlig'i Janish Bakiyev bergan.

Muvaqqat hukumat qarori bilan 10 aprel Qirg'izistonda motam kuni deb e'lon qilingan.

XS
SM
MD
LG