AQSH Bojxonasining besh qoidasi
AQSHga kelar ekan o’zingiz bilan qancha mablag’ olishingiz borasida cheklov yo’q. Lekin yoningizda 10 ming dollardan ziyod pul yoki shu miqdorda chek, sayohat cheki bo’lsa bu haqda Bojxonani xabardor etishingiz kerak. Agar buni bajarmasangiz mablag’ingiz musodara etiladi.Ikki yoki undan ko’p kishi birgalikda deklaratsiya to’ldirslar barcha mablag’ni qo’shgan holda ko’rsatishlari mumkin. To’lov kartochkalri haqida deklaratsiyada ko’rsatilishi shart emas.
AQSHga keladigan har bir kishi 100 dollar miqdoridagi hadyani haq to’lamasdan olib kelishi mumkin. Shu miqdordan keyingi har bir 1000 dollarlik hadya uchun uning 3 foizi miqdorida haq to’lanadi.
Aeroport, samoliyot yoki kema safarlari davomida qilgan xaridlaringiz bojdon mustasnodir. Umuman AQSHga kiritiladigan 1 litrdan ziyod spirtli ichimlik, 200 donadan ziyod sigareta, 100 donadan ziyod sigara uchun boj olinadi. Ammo Karib havzasi mamlakatlari va AQSHning tashqi hududlaridan keltiriladigan bunday mahsulotlardan boj olinmaydi.
Keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari tekshiruvchilarga ma’lum qilinishi zarur. Olib keladigan mahsulotlaringizda qurt-qumursqalar va kasalliklar bo’lmasligi uchun tekshiruvdan o’tkaziladi. Tekshiruvchilarga ma’lum qilinmagan oziq-ovaqat mahsulotlari hatto ular AQSHga olib kirilishi uchun izn bo’lgani taqdirda ham musodara qilinadi.
Kuba sigaralari va shu bu mamlakatning boshqa mahsulotlari, hatto ular shaxsiy narsalar yoki hadya bo’lgan taqdirda ham AQSH ga kiritilmaydi. Ularni olib qo’yishgani bois afsuslanmaslik uchun yo’lga chiqar ekan, marhamat qilib, uyingizda qoldiring.