AQSh poytaxtidagi Jeorj Vashington Universiteti kasalxonasidagi shifokorlar va bemorlar, amaliyot xonasidagi eng yangi yordamchi vositani tinimsiz maqtashyapti.
Yordamchi Davinci Robot amaliyot sistemasi deb ataladi. Jarrohlarga ko’ra, u ilm-fan sohasidagi eng so’ngi inqilob.
“Menimcha, Davinci roboti, jarrohlik sohasini texnik jihatdan olg’a suruvchi eng so’ngi qadam. Fimrimcha, u hali katta o’zgarishlar qiladi, sohani yuksaltiradi va artroskopiyaga yangiliklar olib keladi," deydi shifokor Jeyson Ingl.
Urologiya bo’limi rahbari shifokor Maykl Manyak esa robotni shunday ta'riflaydi: "Davinci Roboti jarrohlik jarayoni texnologiyasidagi keskin burilishdir. U qator erkinliklar beradi. Bu texnika kishi bilagi va qo’llari orqali kunlik hayotda qanday harakatlar bajarishini aniq ko’rsatadi. Bu juda muhim, chunki faqat laproskopik amaliyotning o’zi bilan bunga erisha olmaysiz."
Vositaning uch qismi bir-biriga qaratilgan. Tasvir sistemasi jarrohlarga jarayonni uch qirrada ko’rsatadi. Ttasvirni 10 marotabagacha kattalashtirish mumkin.
"Robotning foydasi shuki, jarrohlik asboblarining o’zi aylanaveradi, xuddi qo’llardek, xuddi qo’llar qanday ishlasa, shunday," deydi Jeyson. "Standart artroskopik asboblar buni qila olmaydi. Shuningdek, robot menga hamma narsani uch qirrada ko’rsatadi. Bu judayam yaxshi. Men jarayonni ko’ra olaman. Biz endi qayta tiklash kabi nozik amaliyotlarini yanada yengil tarzda baraja olyapmiz."
Vosita shifokorlarga jarrohlik asboblaridan kengroq foydalanish uchun yo’l ochadi. Davinci elktroniklari va boshqaruv vositalari bor. Robotning uch qo’liga turli asboblarni tutqazib qo’yish mumkin, ularni o’chirib-yoqish oson, buyruqqa qarab harakat qilaveradi.
"Davinci roboti orqali endi, avval ancha murakkab va kishini qiynaydigan jarayonlarni, osongina bajarish mumkin," ta'kidlaydi Jeyson.
Urolog Maykl Manyakka ko'ra, urologiya jihatdan, masalan, prostata amaliyotida robotdan foydalanilganda, kam qon yo’qotiladi.
"Vosita yordamida prostata bor qismni yaxshiroq ko’zdan kechirish mumkin. U orqali sog’lom va nosog’lom qismlarni aniqroq ajrata bilamiz va robot yordamida ochilgan qismni mahkamroq bekita olamiz. Demak, kateterni, ya’ni naychani tezroq olib tashlab, bemorning ahvolini yengilroq qilamiz," deydi u.
"O’tmishda biz uzunroq kesardik, u degani bemorning shifo topishi uzoqqa cho’ziladi," deya qo'shadi shifokor Jeyson. "Shunday ekan, bemorni artroskopik amaliyotdan o’tkazish kerak. Bunda davolanish vaqti qisqaroq, ogriq kamroq seziladi. Davinci roboti bizga ishni artroskopik yo’l bilan tezroq tugatish uchun imkon beradi. Bu esa pirovardida bemor uchun katta ahamiyatga ega."
Shifokor Mayakning aytishicha, shifo topish vaqtiga kelsak, odatda, jumladan prostata amaliyoti qilinganda, bemorning butunlay tuzalib, kundalik hayotga qaytishi uchun 6 hafat vaqt ketadi.
Laprioskopik amaliyotdan keyin, endi robot yordamida qilingan amaliyotdan keyin, bemorlar ertasigayoq o’rnilaridan turib, uyga qaytishlari mumkin. Ular normal hayotga olti haftadan kamroq vaqt ichida qayta oladilar.
Hozirda Davinci Robot sistemasi boshqa kasalliklarni tuzatishda, jumladan yurak amaliyotlari va rakning murakkab turlari bo’yicha qilinadigan amaliyotlarda qo’llanilib, sinovdan otmoqda.