Breaking News

Amerikada Islom: farzandlarni mo'min musulmon qilish asosiy maqsad - 2004-10-20


Amerikada istiqomat qiluvchi musulmonlar ham dunyoning boshqa joylaridagi kabi Ramazon oyini boshdan kechirishmoqda. Ro'za tutayotganlar ko'p.

Olim Solih Nusrat minglab musulmonlarga vatan Virjiniya shtatidagi Vashington Islom Akademiyasi, deb ataluvchi bilimgohga direktorlik qiladi.

Unga ko'ra, AQShdagi, qolaversa jahon musulmonlari o'z diniy va madaniy an'analarini asrashlari juda muhim.

"Bu oyda, musulmonlar ko’proq namoz o’qib, muhtojlarga yordam qilib, kambag’allarga e’tibor berib, o’zlarini xudoga, Ollohga, yanada yaqinlashtirishadi," deydi Nusrat Solih.

Roz'a tutish Islom dinidagi besh farzdan biri. Olimning aytishciha, Amerikadagi ko'pchilik musulmonlar bu yerdagi hayotning, muhitning tezligi sabab, o'z dinlariga ona yurtlaridagi kabi tarzda rioya qilisholmaydi.

"Bu yerdagi muhit ko’pchilikka ruhan bosim beradi. Shuning uchun biz har kuni masjidga borib, namoz o’qib, sal orom olishga urinamiz. Hammamiz yig’ilib, bir-birimizga yordam qo’lini cho’zamiz," deydi u.

Solih Nusratning fikricha, musulmonlarning ro'za tutishi katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, musulmonlar bir oy davomida kun bo'yi hech nasra yeyishmaydi, ichishmaydi, chekishmaydi...

AQShdagi Islomiy maktablar musulmonlarning farzandlari mo'min musulmon bo'lib yetishsin, Amerika jamiyatining bir qismiga aylansin, degan maqsadda tashkil etilgan, deydi olim.

Islom Akademiyasida dunyoviy fanlar qatorida arab tili, Qur'on va Islomdan ham dars beriladi. Bolalar tushlikdan keyin har kuni o'qituvchilari bilan birga namoz o'qishga odatlanishgan.

Muallimlarning bildirishlaricha, o'quvchilarning ko'pi ro'za tutishyapti. Ramazon paytida ular diniy dasturlar uyushtirishadi va qo'shimcha saboqlar olishadi. Shuningdek, birgalikda o'tirib, iftor qilishadi.

XS
SM
MD
LG