Breaking News

AQShga Meksika orqali kirayotgan noqonuniy muhojirlar soni oshib bormoqda.  - 2004-11-24


Har yili, qariyb bir millionga yaqin hujjatsiz chet elliklar Meksika orqali AQShga kirishadi.

O’tgan sentyabrda 80 mingdan ziyod kishi AQShga kirishga uringan. Bu o’tgan yilga qaraganda 11 foiz ko’p demakdir.

Hech qanday hujjatsiz kelayotgan noqonuniy muhojirlar AQShda yashash uchun har qanday ish qilishga tayyor ekanliklarini yashirishmaydi:

"Yer va qurilish ishlari, bo’yoqchilik, tomlarni tuzatish… Qanday ish bo’lishi muhim emas. Xandak ko’vlash kerak bo’lsa, uni ham qilamiz," deydi ana shu muhojirlardan biri.

So’ngi yillarda AQSh hukumati, chegara bo’ylab yirik kuzatuv punktlarida xavfsizlikni mustahkamlash uchun 20 milliard dollar ajratdi.

Meksika chegarasidagi Tixuana shahridagi punktdan Kaliforniyaga soatiga besh mingdan ziyod avtomashina o’tadi. Bu punkt eng ko’p g’ayri-qonuniy muhojirlar o’tadigan joy sanaladi.

Odamlar AQShga kirish uchun avtomobil o’rindiqlarining ostida, orqa qismiga, har qanday burchakka yashirinadilar. Ammo, chegarada xavfsizlik mustahkamligi sabab, qo’lga tushayotganlar ko'pchilikni tashkil etmoqda.

Chegaraning yuzlab kilometrlab qo’riqlanmagan qismidan kechalari yuzlab noqonuniy muhojirlarning o'tayotgani ma'lum. Ahvol shu qadar jiddiyki, ularni AQShga olib o’tuvchi yo'l ko'rsatuvchilar ham bor. Ularni “yovvoyi itlar” deb atashadi.

Safar tahlikali, ba’zida halokatli. Kaliforniyaning Sonoran sahrosi va Arizona ustida parvoz qilib, ga’yri-qonuniy muhojirlarni qidiradigan agentlardan biri, "dashtlikning o’ta issiq havosiga bardosh berolmay, hayotdan ko’z yumayotganlar ko’p," deydi:

"Havo harorati 40 darajaga chiqadi. Odamlar shimolga o’tish maqsadida, bir necha kunlar davomida issiqda, suvsiz, kutib o’tirishadi."

Odamlar AQShga kirishning turli yo’llarini topishadi, deydi chegarachilardan biri:

“Ular chegaradan o’tishda, qo’lga tushmaslik va hech qanday iz qoldirmaslik uchun, oyoq kiyimlari tagiga maxsus mato qo’yib olishadi.”

Chet elliklar ko’p o’tadigan yana bir muhim joy - Meksika bilan chegaradosh Arizona shtati janubidagi hindular yashaydigan Tohono O’dam degan maskandir.

Qabila politsiya xodimi Darren Mans, so’ngi uch yilda, manzilga yetolmagan 20 nafardan ortiq muhojirlarning jasadlari topilganini aytadi. "Jasadlarni ust-boshlari bilan topdik."

AQSh chegara soqchisi Xose Molina sahroda chet elliklarni topish uchun ilg’or texnologiya qo’llaydi.

"Ular hatto qimirlamaydilar. Demoqchimanki, bizni shu yerlarni nazorat qilyapti, deb o’ylashadi. Butalar orasida yashirinib, o’tib ketishimizni kutishadi. Ular bizni ko’rmayapti, degan taxminga borishadi,” deydi u.

Amerikadan panoh topish uchun uzoq vaqt ketadi, ammo bu yerdan bir zumda chiqarib yuborilish hech gap emas.

Noqonuniy muhojirlarning taqdiri noaniq. Ammo, ular mamlakatlariga qaytarib yuborilishlarini bilib turib, Amerikada yangi hayot qura boshlaydilar.

Noqonuniy muhojirlar masalasi yaqin kelajakda yechilmasligi mumkin. Ammo, odatda bu mavsumda chegarachilarning ishi biroz yengillashadi. Chunki, tarixdan ma’lumki, qishning qahraton kunlarida chegarani kesib o’tayotganlar soni ancha kamayadi.

XS
SM
MD
LG