Breaking News

AQSh Qirg'izistondagi beqarorlikni muzokara orqali hal qilishga chorlamoqda


Qirg'iziston parlamenti, muxolifat vakili va sobiq bosh vazir Qurmanbek Bakievni mamlakatning muvaqqat rahbari etib tayinladi.

Bakiev yangi vazirlar mahkamasini tuzishga va'da berib, kelayotgan iyun oyida qayta saylov o'tkazilishini bildirdi. Uning aytishicha, hozirgi asosiy vazifa mamlakatda barqarorlik o'rnatishdir.

Mamlakatni tark etgan Askar Akayevning qayerda ekani noma'lum. Lekin Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarga ko'ra, u iste'foga chiqqani haqidagi gaplarni rad etgan.

AQSh davlat kotibi Kondoliza Rays Qirg'izistondagi vaziyatga nisbatan fikr bildirarkan, siyosiy qarama-qarshiliklar va noroziliklarni faqatgina tinch yo'l bilan, muzokaralar orqali hal qilish zarur, dedi.

AQShning Bishkekdagi elchisi Stefen Yang va prezident Bush bilan Qirg'izistondagi vaziyatni muhokama qilgan Rays xonim tomonlarni siyosiy muzokaraga chorladi.

AQSh hukumati Osh va Jaloloboddagi hodisalarni nazarga olib, ayni damda Qirg'izistonda bo'lgan amerikaliklarni ehtiyot bolib, harkat qilishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG