Breaking News

Yevropa Vulfovitsning Jahon banki rahbari bo'lishiga qarshi emas


Yevropa Ittifoqi rasmiylari AQSh mudofaa vazirining o'rinbosari Pol Vulfovitsning Jahon banki rahbari bo'lishiga qarshi emasligini bildirdi. Bu haqda tashkilot rasmiylari Vulfovits bilan o'tkazgan uchrashuvlaridan so'ng ma'lum qildilar.

Yevropada Vulfovitsni uning Iroqdagi urushni rejalashtirgani uchun xush ko'rishmaydi. Tanqidchilar uning halqaro taraqqiyot sohasida tajribasi kam, deb ta'kidlashadi.

Bunday munosabat xabardor Vulfovits bankning maqsadlariga sodiq qolishini qayd etmoqda. Markazi Vashingtonda joylashgan Jahon bankining boshqaruv kengashi 31 mart kuni nomzodlar ro'yxatini so'nggi bor ko'rib chiqadi.

Odatda bank prezidenti AQSh tomonidan tavsiya etiladi. Yevropa davlatlari esa bankka sherik muassasa hisoblangan Xalqaro valyuta jamg'armasining rahbarini tanlaydi.

XS
SM
MD
LG