Breaking News

Odamning sog'lig'i uyquning miqdoriga bog'liq


Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, o'smirlar har kecha to'qqiz soatdan ko'proq uxlashi lozim. Biroq amerikalik o'smirlarning aksariyati maktab kunlari atigi yetti soat uxlar ekan, xolos.

Roud Aylend shtatining Providens shahridagi Braun universiteti tibbiyot fakultetining uyqu bo'yicha tadqiqotchisi Meri Karskadon o'smirlar AQShda uyquga to'ymayotgan eng katta guruhligini bildirdi. Uning aytishicha, har bir o'smirning jinsiy yetuklik davridagi biologik o'zgarishlari uning kundalik rejimiga ta'sir qiladi. O'zmirlardagi melatonin degan gormon ularni yosh bolalardan sal kechroq uxlashga undaydi.

Natijada, aksariyat o'smirlar kechlki soat 11 dan erta yotishmaydi. Biroq ular maktabga ertalab soat 7-30 borishga ulgurishlari kerak. Karskadonning nazarida, har kecha yig'ilib boradigan uyqu kamomadi ularning faoliyatiga va ruhiy salomatliklariga salbiy ta'sir qiladi.

"Xafa, charchagan va kayfiyati yo'q o'smirlarning ko'pchiligi hozirda ruhiy tushkunlikka qarshi dorilar qabul qiladilar," deydi Karskadon. "Biroq bu ruhiy tushkunlik emas, balki uyquning yetishmasligidir."

Ba'zi maktablarda o'quvchilarning ko'proq uxlab olishlari uchun ertalabki darslar sal kech boshlanadigan bo'ldi. Masalan, Minneapolis shtatidagi o'rta maktablar darslarni odatdagidek 7-15 da emas, 8 yarimda boshlaydigan bo'ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, uyquga to'ygan o'quvchilarda ruhiy tushkunlik hollarining kamayishi va maktabga kech qolmay kelishlari kuzatiladi.

Minnesota shtati poytaxti Minneapolisda joylashgan universitetning ta'lim masalalari bo'yicha mutaxassisi Kayla Volstromning fikricha, natija ajoyib bo'ldi.

"Ota-onalar ham bolalarining tarbiyasidan kamroq shikoyat qiladigan bo'ldilar," deydi u. "Maktablar ma'muriyati esa o'quvchilarning ta'lim olishga qiziqishi ortganini sezdilar."

Biroq mutaxassislar faqatgina bolalar emas, hattoki katta yoshdagilar ham kerakli miqdorda uxlamayaptilar, deb ta'kidlamoqdalar. Merilend shtatidagi Chevi Cheyz shahridagi markazda uyquning buzilishi bilan bog'liq muammolarni o'rganadigan Xelen Emsellem amerikaliklarning hayoti judayam tezligini tan oldi.

"Ishga borish, ishdan qaytish, kechki ovqatni tayyorlash, bolalarga qarash bilan birgalikda, o'zimizga ham e'tibor berishimiz zarur," deydi Xelen Emsellem.

Tadqiqotchilarning maslahatiga ko'ra, uyquga ketish yoki tunda tez-tez uyg'onib ketish hollari uchragan mahalda, darrov doktorga xabar berish kerak.

XS
SM
MD
LG