Breaking News

Tadqiqotlar E vitaminining zararini aniqladi


Oldingi tadqiqotlarga ko'ra, E vitamini rak yoki yurak kasalligi ehtimolini pasaytiradi, deb ishonilgan edi. Biroq yangi tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, E vitaminini qabul qilgan odamlarda kasallanish ehtimoli ko'paydi.

So’nggi paytda to’rt bora tibbiy ko’rikdan o’tgach, Jim Xil o’z yuragini bo’lg’usi muammolardan asrash uchun yo’llar qidira boshladi. U E vitamini unga yordam berishini va rakka chalinish ehtimolini pasaytirishini eshitgan edi.

"Kardiologim bilan E vitamini haqida gaplashdim. Bu vosita haqida deyarli hech qanday ma’lumot bo’lmasligiga qaramay, shifokorim uni ishlatib ko’rishga maslahat berdi," dedi bu keksa odam.

Amerika tibbiyot uyushmasi jurnali o’tkazgan yangi tadqiqotlarga ko’ra, E vitaminining Jimga o’xshash 55 yoshdan oshgan va o’tmishda yurak muammolariga duch kelgan yoki qand kasalligiga uchragan odamlarga zarari yo’q emas.

MakMaster universiteti mutaxassisi Yeva Lon E vitamini yuqori tahlikali guruhga kiradigan odamlarda yurak-tomir kasalliklarining oldini olmaydi, xususan, yurak xurujining va rak kasalligining, degan ma'noda ma'lumot berdi.

"Undan tashqari, vitamin yurakning ishdan chiqish ehtimolini ko’tarishini kuzatdik. Bu degani, E vitamini qabul qilayotgan odamlar ertami-kech kasalga chalinadilar," deydi doktor Lon.

Yeva Lon Kanadaning Ontario viloyatidagi MakMaster universitetida AQShdan va yana boshqa 13 mamlakatdan kelgan tadqiqotchilar bilan birgalikda E vitaminini o’rgandi. Ular 9 mingga yaqin yuqori tahlikali guruhdagi bemorlarni uzog’i bilan o’n yilgacha kuzatdilar. Har kuni 400 milligramm E vitaminini qabul qilayotgan mijozlarning ahvolini tinchlantirish uchun qo’llaniladigan platsebo tabletkalarini qabul qilayotganlar ahvoli bilan qiyosladilar.

Doktor Lonning aytishicha, yurakning to’xtashini oldini olish uchun kasalxonaga yotish tahdidi E vitaminini ichganlar orasida 40 foizga oshdi.

Doktor Lon shifokor va bemorlar E vitaminiga bo’lgan munosabatlarini o’zgartirishlari kerak deya, maslahat beradi.

"Ko’pincha odamlar, “foydasi bo’lmasa ham, zarardan ham holidir”, deb o’ylashadi. Biroq bizning tadqiqotlarimiz bunday fikrlash doim ham to’g’ri emasligini isbotladi," deydi u.

Jim Xil ham o’sha tadqiqotlarda ishtirok etgan. U E vitaminining o’rniga platseboni qabul qilganidan ancha yengil tortdi. Endilikda u o’zining yurak kasali uchun retsept orqali olgan dorini qabul qiladi xolos.

Biroq doktor Lonning fikricha, E vitamini kichik miqdorda, ya'ni kuniga 400 milligramm o'rniga, 15 milligramm qabul qilingan taqdirda, xavf bo'lmaydi.

XS
SM
MD
LG