Breaking News

Mahmud Abbos Trampni tanqid qildi


AQSh rahbari Donald Tramp falastinliklar tinchlik muzokaralariga qarshi degan gaplaridan uyalishi kerak, deydi Falastin Prezidenti Mahmud Abbos.

Yakshanba kuni Abbos Falastin Markaziy kengashida ikki soat ma’ruza qilib, Trampning Yaqin Sharq bo’yicha siyosatini tanqid qildi. Qo’shma Shtatlarni muzokaralarda vositachi sifatida ortiq qabul qilmaymiz, dedi u.

“Xalqimiz taqdiri haqida gap ketganda o’zimiz lozim topgan taraf bilan gaplashishga haqlimiz. Tramp va uning atrofidagilarga “yo’q” deb javob beramiz. Uning siyosatini qabul qilmaymiz. Asr kelishuvi asr tarsagiga aylandi. Biz ham tarsak beramiz hali”, - dedi Abbos.

Falastin rahbari Yaqin Sharq tinchlik muzokaralariga AQSh o’rniga boshqa mamlakatlarni jalb qilishga chaqirmoqda.

Prezident Trampning Quddus shahrini Isroilning poytaxti sifatida rasman e’lon qilgani Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti deb ko’rayotgan falastinliklarni g’azabga soldi.

Tramp Falastin muzokaralardan chiqsa, unga har yili ajratiladigan yuz millionlab dollar yordam pulini to’xtatmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG