Breaking News

21 million amerikalik kunini dorisiz o'tkaza olmaydi


Amerikaliklar - dorilarga mukkasidan ketgan xalq. Yetakchi shifokorlar bugungi vaziyatni inqiroz deb ataydi.

AQSh Bosh shifokori Vivek Murti yangi hisobotni taqdim etar ekan, tibbiy preparatlarga o’rganib qolish odat emas, jiddiy, ruhiy kasallik, deya yurtdoshlarini ogohlantirdi.

“Dorisiz yashay olmaysan deb bir-birimizni urushavermasdan, bu aslida bir xastalik ekanini tan olib, masala bilan shug’ullanishimiz kerak”, - deydi Murti.

21 million amerikalik har kuni bir necha turdagi preparatni iste’mol qiladi. Og’ir kasalliklar bilan kurashayotganlar ham ular orasida.

“Normal holatga aylanib qolgan. Bu odamlardan atigi 10 foizi muolaja oladi va dorilardan qutulishga harakat qiladi. AQShda har yetti kishidan biri umri davomida dori-darmonga berilib, usiz yashay olmay qoladi”, - deydi bosh shifokor.

Xo’sh, nima qilmoq zarur? Dorilarga yetaklayotgan sabablarni o’rganish kerak. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish kerak.

1964-yilda AQSh bo’ylab chekishga qarshi targ’ibot boshlanganida, ko’plab odamlar qo’l siltagan. Tamakisiz yashab bo’ladimi deya bu kurashni masxara qilgan. Bugun Amerikada chekish kasallik sifatida qaraladi va millionlab odam hayoti saqlab qolingan.

Bosh shifokor mana shunday kurashga chaqirmoqda.

“Yurtdoshlarimiz doriga berilib emas, uning vositasida iloji boricha tezroq tuzalib, preparatlarsiz yashay olishi uchun harakat qilaylik. Ichkilikka berilmaslik kerak, deymiz. Dorilarga ham berilmaslik kerak. Yondashuvni o’zgartiraylik”, - deydi Vivek Murti.

Bu masala Amerika xalqi vijdoniga havola, deydi bosh shifokor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG