Breaking News

Afg'onistondagi kasalxonada uch amerikalik shifokor o'ldirilgan


Kobuldagi kasalxonada xuruj, uch amerikalik shifokor o'ldirilgan. Afg'oniston, 24-aprel, 2014-yil
Kobuldagi kasalxonada xuruj, uch amerikalik shifokor o'ldirilgan. Afg'oniston, 24-aprel, 2014-yil
Bugun Afg’oniston poytaxti Kobuldagi kasalxonada bir qo’riqchi o’t ochib, amerikalik uch shifokorni o’ldirgan. Ikkisining ota-o’g’il bo’lgani aytiladi.

Kasalxona AQShning nasroniy CURE International tashkiloti tomonidan yuritiladi. Qo’shma Shtatlar elchixonasi bayonot chiqarib, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirgan.

Afg’on rasmiylariga ko’ra, otishmada yana bir amerikalik jarohat olgan.

"Yarador qo’riqchi hibsda. Voqeani tergov qilamiz", - deydi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sodiq Sidiqqiy.

Ayrim xabarlarga ko’ra, qo’riqchi xurujdan so’ng o’zini otib o’ldirmoqchi bo’lgan, ammo omon qolgan. Unga o’sha kasalxonaning o’zidayoq tezkor yordam ko’rsatilib, so’ng politsiya qo’liga topshirilgan.

Amerika tashkiloti 100 o’rinlik kasalxonani 2005-yildan beri yuritadi va yiliga 37 ming odamga xizmat ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG