Breaking News

Afg'oniston Oliy sudi ishchilari hujumga uchradi


Afg’oniston rasmiylarining xabar berishicha, mamlakat Oliy sudi binosi yaqinida yuz bergan xudkushlik hujumida kamida 20 odam halok bo’lgan.

Ichki ishlar vazirligi so’zlovchisi yordamchisi Najib Danish jarohatlanganlar soni 40 dan ortiq ekanini aytdi.

O’lganlar orasida kamida ikki ayol va bir bola bor.

Unga ko’ra, binoning yon tomonidagi kirish eshigi oldida bomba portlagan. Bu eshikdan xodimlar, odatda, ishdan chiqishda foydalangan.

Hozircha hujum uchun mas’uliyatni hech kim zimmasiga olgani yo’q.

Tolibon isyonchilari ilgari bu sud binosiga va uning ischilariga hujum qilgani ma’lum. Shuningdek, guruh boshqa viloyatlardagi sud binolarini ham nishonga olgan.

Hujum Afg’onistonda zo’ravonlik oqibatida halok bo’lgan tinch aholi soniga oid BMT hisoboti e’lon qilinishidan bir kun o’tib yuz berdi. 2016-yilda mamlakat bo’ylab 3500 dan ortiq oddiy fuqaro urush qurboni bo’lgan. Bu 2009-yildan beri eng katta ko’rsatkich.

Afg'oniston Oliy sudi oldida xudkushlik hujumi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG