14-iyun kuni Afg’onistonda prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tadi. 5-aprelda berilgan ovozlar g’olibni aniqlay olmadi. Eng ko’p ovoz olgan ikki nomzod - Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani yana bir bor bellashishga tayyor.
O’zbeklar yashaydigan Shibirg’onda jamoatchilik saylovga jiddiy qarab, yangi rahbardan katta o’zgarishlar kutmoqda.
Tahlilchi Muhammad Basir Muqimiy Juzjon viloyati oliygohining Iqtisod fakultetini boshqaradi. Uning fikricha, saylovning birinchi bosqichi hammani hayratga soldi. Bunchalik bo’lishi kutilmagan edi, saylovda aholi qatnashmasligi mumkin degan gaplar ko’p edi, deydi u.
“Qiziqarli tomoni shu ediki, ko’pchilik saylovni yaxshi kutib oldi. Demokratiya uchun katta hissa qo’shdi. Demokratiya Afg’onistonda o’z bolalik davrini kechirmoqda, hanuz puxtalikka erishmagan. Ko’rdikki, soxtakorlik ham bo’ldi, qalloblik ham”, - deydi Muqimiy.
Suhbatdosh nazarida, Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani birinchi bosqichda eng kuchli tarafdorlaridan ovoz oldi. Ikkinchi bosqich esa yana bir o’ylab ko’rish uchun imkoniyat.
“Afg’oniston xalqi boshqa o’lka ahlidek emas, bular urush, qashshoqlikni boshdan kechirgan, urush qozonida pishgan bir xalq. Kimga ovoz berishini tushunadi, kim xizmatning uddasidan chiqa oladi, buni hamma yaxshi sezadi”, - deydi Muqimiy.
Xavfsizlikni ta’minlash eng oliy vazifa.
Muhammad Basir Muqimiy yaqinda Pokiston harbiylari Afg’onistonning Kunar viloyatiga kirib, jangarilarga qarshi operatsiya o’tkazganini qayd etib, nega Kobul bu harakatlarga hech narsa demadi, deya ajablanadi.
Saylov natijalari g’olib va mag’lub tomonidan tan olinishi muhim, deydi u, zero bu xalqning irodasidir.
Xorijiy davlatlarning roli muhim, lekin saylovni afg’on xalqi belgilaydi va odamlar unda faol ovoz beradi, deydi suhbatdosh.
Usta Qurbon ismli yana bir afg’on shunday deydi:
“Saylovning ikkinchi bosqichida ham qatnashaman. Tinchlik ta’minlanishi, osoyishtalik va iqtisodiy vaziyat yaxshilanishi, ish o’rinlari yaratilishi uchun yangi prezidentni saylash harakatidamiz”.
Yangi rahbar oldida vazifalar qanchalik murakkab bo’lmasin, ularni uddalaydi degan umid bor.