Breaking News

Afg'onistonda prezident saylovi o'tkazildi


Mustaqil saylov komissiyasiga ko’ra, ro’yxatdan o’tgan 9,6 million saylovchining (35 foizi ayollar) salkam 20 foizigina saylovda qatnashgan.

Afg'onistonda prezident saylovi o'tkazildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Xavfsizlik muammolari sabab 400 ga yaqin saylov uchastkasi ochilmagan. Tolibon jangari harakati odamlarga uyda o’tirishni tavsiya qilgan. Ba’zi joylarda hujumlar bo’lgani aytiladi. 4500 ta saylov markazida 72 ming politsiyachi va askar xavfsizlikni nazorat qilgan.

Pokiston bilan chegara saylov kuni yopiq bo’ldi.

Saylovda 13 nafar nomzod bellashgan. Prezident Ashraf G’ani va hukumat raisi Abdulla Abdulla asosiy da’vogarlardan.

Jarayonda yangi texnologiya qo’llangani bois ovoz berish sekin kechgan.

“Ovoz berish uchun kelganman, ro’yxatdan oldin o’tgandim, ammo bugun ismim negadir chiqmadi. Rasmiylarga murojaat qildim. Kutishing kerak deyishdi”,- deydi Munir Ahmad.

Bo’lajak prezidentni saylashda ovoz berish orqali o’z hissamizni qo’shamiz, deydi afg’onlar.

“Saylovda qatnashish ham farz, ham qarz”, - deydi Sayid Basir Sodot.

Dastlabki natijalar 19-oktabrda, yakuniy raqamlar esa 7-noyabrda e’lon qilinadi. Agar hech bir nomzod 50 foizdan ko’p ovoz ololmasa, ikki peshqadam 23-noyabr kuni saylovlarning ikkinchi bosqichida qatnashadi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG