Breaking News

Afg’onistonda yirik terror xurujining oldi olindi


Afg’oniston xavfsizlik kuchlari 5 jangarini qo’lga olgan – uch nafari pokistonlik, ikkisi afg’on. Ularning yuk mashinasida 10 tonna portlovchi vositalar topilgan.

Afg’on xavfsizlik idorasi matbuot kotibi Shafiqulloh Tohiriy so’zlariga ko’ra, jangarilar mamlakat poytaxtining eng gavjum nuqtalari uchun mo’ljallagan ushbu yuk ishga solinganida edi, Kobul qonga botgan bo’lardi.

400 qopga joylashtirilgan bombalar kartoshka bilan to’ldirilgan mashinada topilgan. Yuk Afg’onistonga Pokistondan olib kelingan, deydi rasmiylar.

Hamid Karzay ma’muriyati chegaraning narigi tomoni, Pokistonni “ekstremistik guruhlar makoni” deb ataydi. Ana shunday ayblovlar sabab ikki davlat aloqalari tarang.

O’tgan hafta Kobul markazi, rasmiy va diplomatik idoralar joylashgan hududni jangarilar bir necha soat davomida qurshovga olgan edi. Afg’oniston va AQSh rasmiylari xurujlarda Pokistonni qo’nim topgan Haqqoniy tizimini ayblagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG