Breaking News

Afg'on jurnalist ayollari Tolibon bilan muzokarada qatnashishni istaydi


Afg'onistonda jurnalist ayollar
Afg'onistonda jurnalist ayollar

Afg’onistondagi jurnalist ayollar matbuot va ayollar huquqlari ta’minlanishi uchun markaziy hukumatdan Tolibon bilan tinchlik muzokaralarida ularning vakillari ham qatnashishini talab qilmoqda.

Xalqaro hayot – 16-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:18 0:00

Muloqot boshlanganidan beri mamlakatda kamida 8 muxbir va matbuot xodimi, jumladan to’rt ayol o’ldirilgan. Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkilotining bildirishicha, Tolibon jurnalistlar va ayollarni ataylab nishonga olmoqda.

“Biz bundan xavotirdamiz. Muzokaralar ayollarga doir masalalarni ijobiy hal qilishda yordam beradi degan umiddamiz”, - deydi “Ariana News” axborot kanali muxbiri Zahra Sidiqi.

Shu sababdan bir guruh jurnalist ayollar Afg’oniston Tinchlik vazirligiga murojaat qilib, bir nafar muxbir ayolni Tolibon bilan muzokara qilish uchun Turkiyaga ketayotgan hukumat delegatsiyasi tarkibiga kiritishni so’radi. Faollar toliblar bilan har qanday kelishuvda ayollar huquqlari ta’minanishini kafolatlamoqchi.

“Turkiyada bo’ladigan sammit muhimdir. Jurnalist ayollardan biri o’sha yerda bo’lishi va bizni xabardor qilib turishi kerak”, - deydi “Haama Press” agentligi direktori Fotima Hoshim.

Afg’on delegatsiyasi Tolibon bilan muloqot chog’ida ayollar va jurnalistlar huquqlarini himoya qilishini bildirgan. Ammo muxbirlar kafolat talab qilmoqda.

“Biz o’z istaklarimizni vakilimiz orqali bildirmoqchimiz. Turkiyadagi sammitda manfaatlarimizni o’z odamimiz himoya qilsin”, - deydi Afg’oniston jurnalistlari xavfsizligi qo’mitasidan Vohida Fayzi.

Afg’oniston hukumati vakillari Tolibon bilan Qatarda va Moskvada uchrashdi, endi esa Turkiyada muloqot qiladi. Muzokaralar boshqa mavzularni ham muhokama qilish imkonini beruvchi darajaga chiqqani yo’q hali, deydi Tinchlik masalalari bo’yicha davlat vaziri Sayid Sadat Mansur Nodiriy.

“Prezident G’ani bilan uchrashuvda davlat rahbari bizni tinchlikka qaratilgan siyosiy reja bilan tanishtirdi. Konstitutsiya haqida gap ketganda muloqot chog’ida va bosh qomusda ayollar huquqlarini himoya qilishimiz juda muhim”, - dedi vazir.

Afg’oniston Mustaqil inson huquqlari komissiyasi raisi Shaharzod Akbarning aytishicha, tinchlik muzokaralarida qatnashadigan delegatsiya tarkibining kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi kerak. Unga ko’ra, Turkiyadagi muloqot kun tartibiga doir ma’lumotning jamoatchilikka bildirilmayotgani xavotirli hol bo’lib, delegatsiyaning faqat erkaklardan iborat ekani muvaffaqiyatga yetaklamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG