Breaking News

Afg'onistonda jurnalist ayollar xavfsizligidan xavotirda


Mart boshida Afg’oniston sharqidagi Jalolobod shahrida bir telestansiyaning uch ayol xodimi jihodchilar tomonidan o’ldirilishi ketidan bu mamlakatdagi jurnalist ayollar xavfsizligi yuzasidan xavotir bildirmoqda. Ularga ko’ra, ayollarga qarshi zo’ravonliklar ularning ovozini o’chirishga qaratilgan.

Xalqaro hayot – 29-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:33 0:00

Bir necha oy oldin Kobuldagi bir xurujda omon qolgan jurnalist Mina Habib hukumatdan chora ko’rishni talab qilmoqda.

“Muxbirlar xavfsizligi ta’minlansin. Jurnalistlar hukumat va xalq o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi. Malalay va boshqa jurnalistlarni o’ldirishgan bo’lsa ham ishimizdan voz kechmaymiz”, - deydi u.

“Nay” media tashkilotiga ko’ra, 2020-yilda Afg’onistonda kamida 11 jurnalist va matbuot xodimi o’ldirilgan.

“Afg’on muxbirlari xavfsizligi qo’mitasi” hisobiga ko’ra, xavfsizlikning yomonlashishi natijasida matbuotda ishlovchi ayollar soni 18 foizga kamaygan.

“Jurnalist ayollar o’z kelajagi va xavfsizligidan xavotirda. Ota-onalar o’z farzandlarining, ayniqsa qizlarining matbuotda ishlashiga ruxsat bermayapti”, - deydi jurnalist va faol Mo’bina Say.

Muxbirlarga qarshi zo’ravonliklarning kuchayishi hukumat va Tolibon o’rtasida kechayotgan muzokaralarga to’g’ri kelmoqda. Ayollarning xavotiri shuki, agar Tolibon hukumatga jalb etilsa, qiyinchiliklar bilan qozonilgan huquqlar va erkinliklar boy berilishi mumkin.

Rasmiylar bunday xavotirlarga barham berishga harakat qilyapti.

“So’nggi 19 yilda ayollar katta yutuqlarga erishdi. Ularning siyosat, madaniyat, jamiyat, iqtisodiyotdagi ishtiroki tinchlik muzokaralarida muhokama etilayotgan muhim masalalardan. Afg’oniston Islomiy Respublikasi bu yutuqlardan chekinmaydi”, - deydi ayollar masalalari bo’yicha vazir o’rinbosari Hosna Jalil.

Hukumat va Tolibon vakillari Qatarda ham, Moskvada ham muzokara qildi, ammo muloqot hozircha biror natija bergani yo’q. Kelasi oy tomonlar Turkiyada ham uchrashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG