Breaking News

Afg’oniston qamoqxonasidan 475 mahbus yerosti yo'li orqali qochib ketgan


Qandahor, Afg'oniston
Qandahor, Afg'oniston

Tolibon besh oy 320 metrlik tunnel qaziganini aytib, mahbuslarni olib chiqqanini bayon etmoqda.

Afg’on rasmiylarining aytishicha, kecha tunda janubdagi Qandahor shahar qamoqxonasidan 475 mahbus, jumladan toliblar qochgan. Tolibon besh oy davomida Sarposa qamoqxonasigacha 320 metrlik tunnel qaziganini aytmoqda.

Qochganlar orasida Tolibonning 100 odami bor. Hukumat kuchlari ularning iziga tushib, hozirga qadar 11 nafarini ushlashga muvaffaq bo’lgan.

2008-yilda jangarilar xuddi shu qamoqxona darvozasini portlatib, yuzlab mahbuslarni ozod etgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG