Bugun Afg'oniston janubidagi Qandahor shahrida suiqasd xuruji sodir etilib, hokim G'ulom Haydar Hamidiy o'lgan. Tolibon bu uning ishi ekanini aytib, noqonuniy qurilgan uylarni buzish jarayonida o'lgan ikki bola va bir ayol uchun qasos olganini ma'lum qilmoqda.
Guvohlarga ko'ra, xuruj paytida shahar hokimi aynan shu masala bo'yicha aholi bilan uchrashayotgan bo'lgan. Sallaning ostiga yashirilgan bomba portlagan. Bir odam yaralangan.
Bungacha Qandahor hokimi joniga bir necha bor qasd qilingan edi. O'tgan yili xurujlarda uning ikki o'rinbosari o'lgan edi.