Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani va bosh boshqaruvchisi Abdulla Abdulla Bryusselda NATO qarorgohida AQSh va alyans bilan xavfsizlik bitimini rasman imzoladi. Unga muvofiq, 2014-yildan so'ng mamlakatda 10 ming xorijiy qo'shin qoladi. Xorijiy harbiylar Afg'onistonda mahalliy xavfsizlik kuchlari tayyorgarligi bilan shug'ullanadi.
Afg'oniston rahbarlari NATOga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari hamda hamkor davlatlar rasmiylari bilan ham uchrashmoqda.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Afg'onistonda yangi missiya boshlanmoqda.
Stoltenberg mamlakatda zo'ravonliklarning davom etishini tan olgan holda afg'on kuchlari vaziyatni o'z foydasiga hal qila olishiga ishonch bildirdi.
Prezident G'ani NATOga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Afg'oniston bu kurashning oldingi chizig'ida. Bu Yevropa va Shimoliy Amerika xavfsizligi uchun ham muhim kurashdir", - dedi u.