Afg'onistonda parlament o'z qudratini namoyish etib, uch vazirni, jumladan tashqi ishlar vazirini ishdan olgan.
Sabab oddiy, deydi qonunchilar, bu vazirlar o'z ishini eplolmagan. Bu vazirliklarga ajratilgan mablag' uvol bo'lgan, vazifalar bajarilmagan.
Kelasi hafta har kuni uch vazir parlamentga hisobot berib, ishini asoslashi shart. Ishonch qozona olmasa, lavozimidan ketadi.
Bugun bo'shatilganlar: Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy, Jamoat ishlari vaziri Mahmud Balig', Mehnat va ijtimoiy masalalar bo'yicha vazira Nasrin Oryakhel.
Parlament Prezident Ashraf G'anidan ularning o'rniga kimni tayinlashni xohlashi haqida so'ragan.
"Bu borada takliflar kutayapmiz", - deydi qonunchilik organi spikeri Abdul Rauf Ibrohimiy.
Hukumat, umuman olganda, juda sust ishlayapti va samara sezilmaydi, deydi qonunchilar. Ular ikki rahbar - Prezident Ashraf G'ani va Bosh vazir Abdulla Abdullani hokimiyatni bo'lisha olmay, bir-birining ishiga halal berayotganlikda, siyosiy o'yinlar o'ynab, o'z qo'li ostidagi odamlarni suiiste'mol qilayotganlikda ayblaydi.