Breaking News

Afg'oniston rahbari o'tish hukumati tuzilishiga qarshi


G'ani va Blinken
G'ani va Blinken

Afg’on matbuotiga ko’ra, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’aniga maktub yo’llab, yangi o’tish hukumatini tuzishga chaqirgan. AQSh rasmiylari buni tasdiqlagani yo’q.

Xalqaro hayot – 10-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:44 0:00

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays muxbirning bu haqdagi savolini javobsiz qoldirdi.

“Ba’zan diplomatik harakatlarning shaxsiy ravishda olib borilgani ma’qul”, - dedi u.

G’ani ma’muriyati Tolibon ishtirokida o’tish hukumati tuzilishiga qarshi ekan, toliblar va boshqa siyosiy kuchlar saylov orqali hokimiyatga kelishi kerak, deydi.

“Xalqaro hamjamiyat nazoratida umummamlakat saylovlarning erkin va shaffof ravishda o’tkazilishini muhokama qilishga tayyormiz. Saylov kunini muhokama qilib, bir qarorga kelishimiz mumkin”, - dedi Afg’oniston rahbari.

Ayrim siyosatchilar nazarida, qariyb 20 yillik urush natijasida holdan toygan mamlakatning tinchlik jarayoniga erishish uchun saylovlarni kutishga vaqti yo’q.

“Maktubda masalaning dolzarbligini ko’rsa bo’ladi. Xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb. Men uni himoya qilayotganim yo’q, ammo afg’on xalqi uchun, har kuni fidoiylik qilayotgan odamlar uchun tinchlik dolzarb emasmi?” – deydi Milliy yarash oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla.

Siyosiy tahlilchi Subhan Misbahning aytishicha, maktubdan Bayden ma’muriyati tinchlik kelishuviga erishish uchun konkret yechim topishga harakat qilayotganini ko’rsa bo’ladi.

“AQSh davlat kotibi masalaga jiddiy qarayotgani, bitimni qayta ko’rib chiqib, unga imkon qadar tez tuzatish kiritmoqchi ekani ko’rinib turibdi”, - deydi mutaxassis.

AQShning Afg’oniston bo’yicha maxsus elchisi Zalmay Xalilzod Kobulda Afg’oniston rahbarlari va Doxada Tolibon vakillari bilan muzokara qilishi ketidan Islomobodda Tolibon bilan yaqin aloqaga ega Pokiston rasmiylari bilan ham uchrashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG