Breaking News

Afg'onistonga doir yangi strategiya iyulda taqdim etiladi


AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis (o'rtada)
AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis (o'rtada)

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattisga ko’ra, Qo’shma Shtatlarning Afg’onistonda qo’li baland kelayotgani yo’q. Salkam besh oy oldin ish boshlagan Tramp ma’muriyati bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan reja ustida ishlamoqda.

Senat Qurolli kuchlar qo’mitasi a’zolari Pentagon rahbarlarini Kongressga chaqirtirib, ishni tezlashtirishni so’radi.

“Bizga strategiya kerak”, - dedi qo’mita raisi Jon Makkeyn.

Mattis yangi strategiya iyul o’rtasida tayyor bo’lishini va Prezident Donald Trampga taqdim etilishini aytdi.

Vazirga ko’ra, yangi rejaga muvofiq xalqaro koalitsiyaga kirgan boshqa mamlakatlardan kattaroq hissa qo’shish so’raladi. Ayni damda NATOning Afg’onistonda 13 ming qo’shini bor. Qo’shimcha askar yuborish rejalanmoqda.

Mudofaa vazirining aytishicha, eski strategiya Tolibonni mag’lub etishga imkon bermayapti.

"Siyosatni tez orada tuzatamiz”, - dedi u.

Mattisga ko’ra, afg’on hukumati zo’ravonliklarni keskin kamaytirish salohiyatiga ega bo’lgandagina g’alabaga erishildi desa bo’ladi.

Bu o'rtada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Kobulda bo'lib, Afg'oniston rahbarlari bilan uchrashdi. Guterrish shahar chetidagi lagerni ham ko'zdan kechirdi. Unda mamlakatdagi mojaro natijasida so'nggi bir yarim yilda uyini tark etgan salkam 800 ming odam boshpana topgan.

Bu yangi bosh kotibning Afg'onistonga ilk safari bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG