Afg’onistondagi xurujlarda kamida 18 kishi halok bo’lgan. Birinchi portlash Kobulda, Mudofaa vazirligi qoshida ro’y berib, to’qqiz kishi o’lgan, 13 nafari jarohatlangan.
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl ayni paytda u yerda rasmiylar bilan muloqot qilayapti, vazirga shikast yetmagan.
Xurujni uyushtirgan Tolibon jangarilari bu Amerikaga ogohlantirish, deydi. Afg’onistonning Xost viloyatidagi qonli hujumda esa bir politsiyachi va bolalar halok bo’lgan.
O’tgan hafta AQSh Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan Chak Xeygl qo’mondonlar va prezident Hamid Karzay bilan uchrashadi. Bu uning ilk xorijiy safari.
Kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bu - 2014-yildan keyingi rejalar. Rasmiylarning aytishicha, AQSh Afg’onistonda 12 minggacha askarini qoldirishi mumkin. Hozir u yerda jami 100 ming chet ellik zobit xizmat qilayapti.
Xalqaro koalitsiya Afg’onistonni 2014-yilda tark etishi kutilar ekan, Bagrom qamoqxonasi ustidan nazoratni to’laligicha mahalliy hukumatga topshirish marosimi kutilmaganda bekor qilindi.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay tomonidan e’lon qilingan bu tadbir bugun o’tishi kerak edi. Ammo Karzay ma’muriyati bilan kelishuvga kela olmadik, deydi AQSh harbiylari.
Bagrom harbiy bazasi qoshidagi hibsxonada uch mingdan ziyod mahbus saqlanadi. Rasmiylar muzokara davom etishini aytmoqda.