Breaking News

Xalqaro Qizil Xoch va Tolibon kelishuvga erishdi


Tolibon Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasiga Afg’onistondagi faoliyatini davom ettirishga ruxsat berganini ma’lum qildi. Jangari guruh avgust oyida qo'mitani qamoqxonalardagi toliblarga tibbiy yordam ko'rsatish majburiyatini bajarmayotganlikda ayblab, xavfsizlik kafolatlarini bekor qilgan edi.

Tolibon vakili Zabihulla Mujohidning bildirishicha, Qizil Xoch va Tolibon rasmiylari Qatarda olib borilgan muzokaralarda kelishuvga erishgan. Doxada guruhning "siyosiy idorasi" bor.

"Amerika Ovozi" Afg'on xizmati bilan suhbatda Qizil Xoch qo’mitasi matbuot kotibi xavfsizlikka doir kelishuvga erishilganini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlarga to’xtalmadi. Afg’onistonda tobora avj olayotgan zo'ravonliklar oqibatida boshpanasiz qolgan millionlab aholi gumanitar yordamga muhtoj.

BMT joriy haftada e’lon qilgan bayonotga ko’ra, nizolar va og’ir qurg’oqchilik joriy yilda 470 mingga yaqin afg'on fuqarolarining ko’chishiga sabab bo’lgan.

Qizil Xoch Afg’onistonda, jumladan, Tolibon nazoratidagi hududlarda 30 yildan ziyod xizmat ko’rsatayotgan mustaqil va betaraf tashkilot hisoblanadi.

Yordam guruhi yarador va nogironlarga xizmat qiladi, kasalxonalarga ko’mak beradi, qamoqxonalarga tashrif buyuradi va mahbuslarga oila a’zolari bilan ko’rishish imkonini yaratadi, urush olib borilishini kuzatadi va xalqaro gumanitar huquq me’yorlarining ta’minlanishini nazorat qiladi.

Qo’mita o’tgan yili o’z xodimlariga qarshi uyushtirilgan ikki qurolli hujum ortidan mamlakatdagi ikki ofisini yopgan, operatsiyalari sonini keskin kamaytirgan. Juzjon viloyatida jangarilar qo’mita karvoniga hujum qilib, olti a’zosini otib tashlagan edi. Mozori Sharifda esa uzoq yillik bemor fizioterapevtga o’q uzgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG