Breaking News

Afg'oniston parlamenti AQSh bilan xavfsizlik bitimini ma'qulladi


Afg'oniston parlamentining quyi palatasi AQSh va NATO bilan xavfsizlik bitimini ma'qulladi. Hujjat mamlakatni tark etayotgan xorijiy qo'shinlarning bir qismiga, 10 mingga yaqin askarga qolishga imkon beradi. Ular mahalliy xavfsizlik kuchlari tayyorgarligi bilan shug'ullanadi, harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaydi.

Biroq Prezident Barak Obamaning shu hafta bergan ko'rsatmasiga ko'ra, agar Tolibon jangarilari AQSh va NATO qo'shinlariga tahdid solsa yoki al-Qoidaga to'g'ridan-to'g'ri yordam bersa, bu ularning ketiga tushishga, hujumlariga javob berishga asos bo'ladi.

Qo'shma Shtatlar zarur bo'lganda afg'on askarlariga havodan madad berishi ham mumkin.

Bu o'zgarishlarning Iroqda "Islomiy davlat"ning kuchayib borayotganiga bog'liq ekani aytiladi. Obamaning siyosiy raqiblari uni Iroq armiyasi oyoqqa turib olmasdan barcha AQSh qo'shinlarini chiqarganlikda tanqid qilib keladi.

Afg'on rasmiylarining aytishicha, bugun mamlakat sharqida voleybol musobaqasi paytida bir odam o'zini portlatib, kamida 45 kishining hayotiga zomin bo'lgan. Paktika viloyatida ro'y bergan salkam 50 odam jarohat olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG