Afg’onistonda 5-aprel kuni o’tgan prezident saylovlarida berilgan ovozlar sanalmoqda. Bulletenlarning 10 foizi hisoblangan. Abdulla Abdulla 42 foiz bilan hozircha birinchi, Ashraf G’ani 38 foiz bilan ikkinchi o’rinda. Ulardan keyin kelayotgan Zalmay Rasul 10 foizdan kam ovoz olgan.
12 million saylovchidan yetti millioni ovoz bergan. Yakuniy natija kelasi oy ma’lum bo’ladi. Agar sakkiz nomzoddan hech biri 50 foizdan ko’p ovoz to’play olmasa, ikki peshqadam navbatdagi bosqichda o’zaro bellashadi.
Abdulla Zalmay Rasul bilan uchrashgan, biroq, deydi u, saylov natijalari aniqlanmasdan turib, ittifoqlar haqida gapirishga erta.
Agar prezidentlikka saylansam, barcha siyosiy kuchlar bilan hamkorlikda ishlayman, dedi Abdulla Abdulla.