Breaking News

Toliblar qamoqxonaga hujum qilib, yuzlab mahbusni qo'yib yuborgan


G'azni, Afg'oniston
G'azni, Afg'oniston

Afg'oniston sharqida toliblar qamoqxonaga bostirib kirib, yuzlab mahbusni qo'yib yuborgan.

G'azni viloyatidagi turmaga tungi soat 2 larda hujum qilingan. Shu paytdayoq, toliblar shaharning boshqa qismlarida ham hamlalar uyushtirgan, deydi G'azni hokimi muovini Muhammad Ali Ahmadi.

Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, yetti soqchi o'lgan, yana yetti nafari yarador. Besh tolib ham o'lgani ma'lum.

Rasmiylarning aytishicha, majmuada 436 nafar mahbus bo'lib, 355 tasi qochgan. Yuzdan oshig'i mamlakat xavfsizligi uchun tahdid ekani aytiladi.

Tolibon so'zlovchisi Zabihulla Mujohid hujumni ular sodir etganini da'vo qilgan. Uning aytishicha, mahbuslar turmada ayovsiz qiynoqqa solingan.

Toliblar avval ham qamoqxonalardan safdoshlarini ana shunday ozod qilgan. 2011-yilda Qandahordagi turmadan 500 mahbus qochgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG