Breaking News

Afg'onistonda tinch aholi orasida qurbonlar ko'paymoqda


Afg'onistonlik askar
Afg'onistonlik askar

Afg'oniston rasmiylarining bildirishicha, bugun janubdagi Zabul viloyatida bir odam bomba solingan mashinasini viloyat kengashi idorasi darvozasiga urib portlatgan. Natijada besh kishi o'lgan, 60 dan ziyodi, shu jumladan kengashning bir necha a'zosi jarohat olgan. Voqea Kalat shahrida sodir bo'lgan. Politsiyaga ko'ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti joriy yilda Afg'onistonda oddiy aholi orasida qurbonlar ko'payayotganidan tashvishda.

Tolibon so'nggi paytda hukumat idoralari, xavfsizlik kuchlariga hujumlarni oshirgan. Shimol va shimoli-sharqda ba'zi hududlar ularning nazoratiga o'tgan.

"Nyu-York Tayms" gazetasining xabar berishicha, Tolibonning bahorgi hujumlarida afg'on qo'shinlari katta talafotlar ko'rmoqda.

G'arb rasmiylaridan biriga ko'ra, 2015-yilning dastlabki to'rt oyida 1800 dan ziyod askar va politsiyachi halok bo'lgan, 3500 ga yaqini jarohat olgan. Bu o'tgan yilga qaraganda 65 foizga ko'p. Qo'shma Shtatlar esa Afg'onistonda 14 yil mobaynida 2300 askarini yo'qotgan, xalqaro koalitsiya esa mingdan ziyodini.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG