Breaking News

Bugungi Afg'oniston: Kutubxonalar oz joyda internet qo'l kelmoqda


Afg'oniston kutubxonalarida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Afg’onistonning ko’plab shaharlarida talabga javob beradigan kutubxonalar mavjud emas. Ko’pchilik internetdan foydalangan holda kundalik muammolarini hal qiladi. Afg’onistonning Shibirg’on shahrida ham haligacha yaxshi kutubxona yo’q.

Shibirg’on shahrida joylashgan Do’stum jamg’armasi kutubxonasi 2018-yil oktabrida tashkil qilingan. Kutubxona mas’uli Sayid Nusratulla Sayidiyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, u har kuni 10 soat mijozlar uchun ochiq.

“20 mingdan ziyod kitoblar mavjud. Har oyda minglab odamlar ushbu kutubxonadan foydalanadi. Juzjon viloyatida talaba yoshlarning ko’plab muammolarini shu kutubxona hal qiladi”, - deydi Sayidiy.

Barcha sohalarga oid adabiyotlari bor. Bolalar uchun mo’ljallangan alohida bo’lim ham tashkil qilingan.

O’zbek, turkman, fors va ingliz tillaridagi kitoblar bilan to’ldirilgan mazkur kutubxonadan har kuni ko’plab yoshlar foydalanadi. Xizmat bepul.

Mutolaa uchun maxsus zal ochilgan, kitoblarni olib ketib o’qish mumkin emas. Nusratulla Saidiy buning sababini adabiyotlar soni oz ekani bilan izohlaydi.

Muhammad Ismoil ismli talaba ikki oydan beri Do’stum jamg’armasi kutubxonasidan foydalanadi. Uning aytishicha, kutubxonalar oz. Ayni paytda boshqa kutubxonalarda yetarlicha adabiyotlar mavjud emas.

“90 foiz mushkulimni mana shu kutubxonada hal qilaman, ayni holda internetdan foydalanaman”, - deydi talaba.

“Ikki oydan beri ushbu kutubxonadan foydalanaman”, - deydi Abdul Malik ismli yigit.

“Yoshlar mana shunday kutubxonalardan bahramand bo’lishlari kerak”, - deydi Sharifulla.

Mijozlar ushbu kutubxonadan foydalanish uchun birinchi galda ro’yxatdan o’tishi lozim. Kutubxona mas’uli yana bir necha mingta kitoblarni chop etish, sotib olish uchun mablag’ ajratilganini bildiradi.

Rasmiylarga ko’ra, Do’stum jamg’armasining muzey, san’at va ilmiy anjumanlarni qamrab oluvchi madaniyat saroyi tashkil qilish rejasi ham bor.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG