Breaking News

Afg'on rahbari Do'stumning vatanga qaytishi haqida og'iz ochdi


Afg'on namoyishchilar: Qaysoriyni ozod eting, Do'stum qaytsin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

Afg’onistonning shimoliy viloyatlarida qariyb ikki haftadan beri hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etar ekan, Prezident Muhammad Ashraf G’ani ularga javob qaytardi.

Matbuot anjumanida G’ani Vitse-prezident general Abdul Rashid Do’stumning yaqin kunlarda vatanga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Masala huquqiy bo’lgani uchun ham bosh prokuratura bilan jiddiy gaplashildi”, - deydi u.

General Abdul Rashid Do'stum
General Abdul Rashid Do'stum

Prezident general Do’stumning safari bilan bog’liq tafsilotlar keyinchalik e’lon qilinishini ta’kidladi.

Faryobda general Do’stumning maxsus vakili Nizomiddin Qaysoriy hibsda, generalning o’zi ham qariyb ikki yildan beri Turkiyada quvg’inlikda hayot kechirmoqda. Uning tarafdorlari Qaysoriyning ozod etilishi va general Do’stumning vatanga qaytishini talab qilib norozilik namoyishlari uyushtirmoda.

Prezidentning ikkinchi o’rinbosari Sarvar Donish bir necha kundan beri Anqarada Do’stum bilan muzokara qilmoda. Donish ushbu muzokaralarda prezidentning vositachisi rolini bajarmoqda.

Vitse-prezident idorasi raisi, doktor Inoyatulloh Bobur Farahmandga ko’ra, muzokaralarda olg’a siljishlar ko’zga ko’rinarli darajada.

Prezident Ashraf G'ani
Prezident Ashraf G'ani

Shimoliy viloyatlarda hukumatdan norozi namoyishchilar Nizomiddin Qaysoriy ozod etilmagunga qadar va Do’stum vatanga qaytmaguncha namoyishlarni davom ettirish haqida ogohlantirmoda.

Ular bir necha viloyatda qatnov yo’llar va mustaqil saylov komissiyasi eshiklarini yopib qo’ygan. Davlat idoralari normal ishlay olmayapti.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG