Breaking News

Afg'onistonda ham bayram, ham motam


Tramp ma’muruyati Tolibon harakati bilan tinchlik bitimiga erishishga qaratilgan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu orada esa Afg’onistonda zo’ravonliklar tingani yo’q. 17-avgust kuni “Islomiy davlat” jangari to’dasi xurujida Kobuldagi to’y marosimi paytida 60 dan ziyod odam nobud bo’lgan. Ikki kun o’tib mamlakat sharqida ham portlashlar yangragan.

Xalqaro hayot - 20-avgust, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:09 0:00

Afg’oniston Britaniya mustamlakasidan ozod bo’lganining 100 yilligini nishonlamoqda. Biroq bayram tantanalari bomba xurujlari bilan bir paytda o’tmoqda. Jalolobod shahrida restoranlar va shahar maydonlarida portlagan 10 ta bomba oqibatida kamida 66 odam jarohat olgan.

Mustaqillik kunida xalqqa murojaat qilgan Prezident Ashraf G’ani xurujlar ortida turganlardan o’ch olishga so’z berdi.

“Mamlakatimiz dushmanlari qo’rqoq va zaif bo’lgani uchun ham to’y marosimi paytida vahshiy terror xurujiga qo’r urdi. Ular oddiy odamlarni, ayollar va bolalarni nishonga oldi, vatandoshlarimiz qonini to’kdi. Biz begunoh bu insonlarning ommaviy qotilligi uchun o’ch olamiz”, - dedi u.

Yaqinda Qatarda Tolibon vakillari Afg’oniston delegatsiyasi bilan norasmiy tarzda uchrashdi. Jangarilar hukumat bilan bevosita muloqotdan bosh tortib kelmoqda, ammo AQSh vakillari bilan bir necha bor gaplashgan.

Muzokaralarda AQSh delegatsiyasiga Amerikaning Iroq va Afg’onistondagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzod boshchilik qilmoqda.

AQSh Prezidenti Donald Tramp muloqot natija berishiga umid qilmoqda.

“Afg’oniston hukumati va Tolibon bilan gaplashyapmiz. Muloqotlar yaxshi o’tmoqda. Hozircha hech kimga ishonch yo’q. Afg’onistondagi vaziyat ayanchlidir. Ko’p yillardan beri shunday”, - dedi Tramp.

Tomonlar tinchlik bitimi imzolanishiga yaqin ekanini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG