Afg’oniston sharqida politsiya idorasi oldida mashina portlagan, ikki xodim o’lgan va yana besh kishi jarohatlangan. Avtomobilda kimdir o’zini portlatdi, deydi guvohlar.
Voqea Jalolobod shahrida, Nangarhor viloyati ma’muriy markazida ro’y bergan.
Bugun Kobulda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay uchrashayotgan edi.
Tolibon afg’on zaminini ajnabiy kuchlardan tortib olamiz degan shior ostida xurujlarni davom ettirmoqda.
AQSh kelasi yil oxirigacha bu mamlakatni butkul tark etish harakatida. Kecha va bugun Kerri va Karzay shu haqda gaplashdi.
Tomonlar xavfsizlik bobida yangi bitim ustida bosh qotirmoqda. Amerika 2014-yildan keyin Afg’onistonda nima qiladi, qilmoqchi va qilishi kerak? Shu muhokamada, deydi rasmiylar.