Breaking News

Afg'oniston janubida hazora yo'lovchilar o'g'irlangan


Afg'oniston janubida jangarilar yo'lovchi avtobuslarni to'xtatib, kamida 20 odamni o'g'irlagan. Zabul viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Shu oy boshida bu hududda "Islomiy davlat" guruhiga aloqador to'dalar yetti kishi, jumladan, uch ayolning boshini olgan edi. Garovdagilarning aksariyati hazora shialar.

Afg'on politsiyasi ma'lumotiga ko'ra, voqea poytaxt Kobulni Qandahor bilan bog'laydigan trassada ro'y bergan. Zabul va Nangarhor viloyatlarida "Islomiy davlat" a'zolari faoliyat olib borayotgani, Tolibon va ular orasida janglar kechgani haqida xabarlar bor.

Pokiston chegarasiga yaqin Achin, Nazian va Debala tumanlaridan minglab oilalar uy-joyini tashlab ketgan.

Yaqinda poytaxt Kobulda "Islomiy davlat"ga qarshi yirik namoyishlar bo'lib o'tdi. Unda qatnashganlarning aksariyati hukumatni noshudlikda, xavfsizlikni ta'minlay olmayotganlikda ayblagan.

"Islomiy davlat" Afg'onistonda mahkam o'rnashmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG